-
-
-
-
-
-
-
-
Qurilish. Arxitektura
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
QURILISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati “axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlan tirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan”1. Arxitektura-qurilish sohasida mutaxassislarni tayyorlash zamonaviy axborot texnologiyalaridan chuqur bilimlar ga ega bo’lishlarini hamda ular yordamida iqtisodiy, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalaridagi masalalarini yecha olishlarini taqozo etadi.
-
УМУМИЙ ПСИХОЛОГИЯ
Қатьий ишонч билан айтилган фикрнинг замирида бир қатор муҳим ҳам табиий, ҳам ижтимоий омиллар ётиши шак- шубҳасиздир. Чунки психология фани инсоният томонидан кашф қилинган фанларнинг ичида энг мураккаби бўлиб, биосферик таълимотдан келиб чиққан холда психика юксак даражада ташкил топган материянинг хусусиятини акс эттирувчи категория сифатида ўрганилиб келинган. Лекин бугунги кунда неосферик таълимотга биноан фазовий муносабатлар, сайёралараро алоқалар, ўзаро таъсирлар, моддалар, заррачалар, нурлар ҳаракати, алмашиниши, кўшилиши тўғрисида мулоҳазалар, фаразий асосда бўлса ҳам, юритилмоқда.
-
ЛОЙИҲАЛАШ ВА ҚУРИЛИШДА ТИЗИМЛИ ТАҲЛИЛ
Мазкур ўқув қўлланма Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги педагогик мутахассислари малака ошириш тингловчилари, магистрлар ва бакалариат ҳамда тизимли таҳлил билан қизиқувчи қурувчи педагоглар учун мўлжалланган. Услубий қўлланма таҳлил қилинаётган лойиҳалаш ва қурилишдаги технологик тизимни ичига қадамба қадам кириб боришга ёрдам беради. Бу эса технологик жараёнларни тезлаштириш ва уларни ҳисоблашга ва лойихалашда оптимал тизимларни танлаш имконини яратади. Мазкур ўқув қўлланма лойихалаш ва қурилишда тизимли тахлилнинг назарий таълимотларини жамлаш хамда педагогик фаолият билан шуғулланаётган мутахассисларга амалий тавсия беришга қаратилган.
-
Махсус Психалогия
KIRISH O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonu- ni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturis ta'lim-tarbiya, shu jumladan maxsus ta'lim-tarbiya oldiga bir qator vazifalarni qo'ydi. Milliy istiqlol g'oyalari va tamoyillariga asoslangan holda jamiya- timizning mustaqillik yillarida orttirilgan taraqqiyot tajribasi tahlil qilinganida, ijtimoiy hayotning muhim tarkibiy qismi sifatida bar- cha sohalarida ta'lim-tarbiya va uning mazmuni tubdan o'zgardi O'zgarishlarning genezisi ta'lim sohasida davlat siyosatining huqu- qiy va metodologik asoslarini yaratib berishdan boshlanadi.
-
УМУМИЙ ПСИХОЛОГИЯ
Қатьий ишонч билан айтилган фикрнинг замирида бир қатор муҳим ҳам табиий, ҳам ижтимоий омиллар ётиши шак- шубҳасиздир. Чунки психология фани инсоният томонидан кашф қилинган фанларнинг ичида энг мураккаби бўлиб, биосферик таълимотдан келиб чиққан холда психика юксак даражада ташкил топган материянинг хусусиятини акс эттирувчи категория сифатида ўрганилиб келинган. Лекин бугунги кунда неосферик таълимотга биноан фазовий муносабатлар, сайёралараро алоқалар, ўзаро таъсирлар, моддалар, заррачалар, нурлар ҳаракати, алмашиниши, кўшилиши тўғрисида мулоҳазалар, фаразий асосда бўлса ҳам, юритилмоқда.
-
АМАЛИЙ ГЕОДЕЗИЯ
Ушбу ўқув қўлланмада инженерлик – геодезик ишларидан топографик – геодезик қидирув, инженер – геодезик лойиҳалаш, чизиқли иншоотларни трассалаш ва инженерлик иншоотларини режалаш ишлари ёритилган. Мазкур қўлланма геодезия ва картография йўналишларида таълим олаётган талабаларга мўлжалланган. Бундан шу соҳада фаолият олиб бораётган мутахассислар ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
ҚУРИЛИШ КОНСТРУКЦИЯЛАРИ
Ўқув қўлланма темирбетон конструкцияларини ҳисоблаш ва лойиҳалашни назарий ва амалий масалаларини ўз ичига олган бўлиб, унда конструкцияларни ҳисоблаш усуллари чизма ва формулалар ёрдамида ёритилган. Талабалар «Темирбетон ва тош конструкциялари» фанини чуқур ўзлаштириш учун конструкцияларни ҳисоблаш кетма-кетлиги схема ва чизмалар ёрдамида тушунтирилган. Мавзуни тушунтиришда мисол ва масалалардан кенг фойдаланилган. Келтирилган ўлчов бирликлар ва коэффициентлар меъёрий ҳужжатлар асосида қабул қилинган.
-
GIDROTEXNIKA QURILISHI KОNSTRUKSIYALАRI
“Gidrotexnika qurilishi konstruksiyalarini hisoblash, loyihalash va ishonchliligini oshirish” o‘quv qo‘llanmasi 5340700 “Gidrotehnika qurilishi konstruksiyalari” bo‘yicha bakalavr va magistrlar uchun mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanmada foydalanilayotgan gidrotexnika konstruksiyalari, inshootlarining ekspluatatsiya muddatini oshirish, moderinizatsiyasi keltirilgan. O‘quv qo‘llanmada me'yoriy hujjatlar va qurilishga oid ma’lumotlar keltirilgan. Zarur ma’lumotlarning mavjudligi bakalavr va magistrlarning tahlil qilish nuqtai nazarini oshirib, mustaqil va to‘g‘ri echimlar qabul qilishga imkon beradi.
-
GIDROTEΧΝΙΚΑ QURILISHINING MAXSUS MASALALARI
O'quv qullanma Gidrotexnika inshootlari qurilishi dasturi asosida yozilgan bo'lib, unda tosh-tuproq va to'kma tosh to'g'onlar, suv tashlash inshootlari, arksimon hamda kontrfors to'g'onlar va suv olish inshootlari haqida ma'lumotlar berilgan, ularning tasnifi, loyihalashning umumiy masalalari yoritilgan. Qo'llanma gidrotexnika qurilishi magistratura yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan shu sohadagi qurilish va loyhalash tashkilotlarining muhandis-texnik mutahassislari ham foydalanishlari mumkin
-
MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI
Mashinasozlik texnologiyasi (maxsus kurs)» fanining asosiy g'oyasi mashina detallarini tayyorlash va mashinalarni yig'ishda texnologik jarayonlarni ishlab chiqishni bilishdan iborat. Ushbu darslikda detallarning tashqi, ichki, rezbali, tekis, shakldor, tishli sirtlariga mexanik ishlov berish usullari, ishlov berishda qo'llaniladigan dastgohlar va kesuvchi asboblar to'g'risidagi ma'lumotlar keng yoritilgan. Bundan tashqari mashina va mexanizmlarning detallaridan metall kesish dastgohlarining staninalari, shpindellari, korpus detallari, pog'onali hamda tirsakli vallar, shatunlar, porshenlar va tishli g'ildiraklar kabi detallarga mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarini ishlab chiqish masalalariga keng o'rin berilgan. Shuningdek, mashinalar va ularning tipaviy birikmalarini yig'ish. yig'ish jarayonlarini tashkil qilish to'g'risidagi ma'lumotlar bayon etilgan.
-
MASHINASOZLIK CHIZMACHILIGIDAN MA'LUMOTNOMA
Ushbu o'quv qo'llanmada chizmalarni taxt qilish uchun zarur ma'lumotlar, geometrik yasashlar, tasvirlar yasash, ko'rinishlar, qirqım-kesimlar, tishli uzatmalar, rezba parametrlari, ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar, prokatlangan po'lat profillari, shuningdek, chizmalarni bajarishda qo'llaniladigan turli soddalashtirishlar va shartli belgilashlar keltirilgan. Qo'llanma oliy o'quv yurtlarining talabalariga mo'ljallangan bo'lsada, undan maxsus o'rta o'quv yurtlarining talabalari, turli sohalarning muhandislari ham foydalanishlari mumkin.
-
MAKETLASHTIRISH
«Maketlashtirish fanidan ilk bor yaratilayotgan ushbu o'quv qo'llanmada kitobning paydo bo'lish tarixidan hozirgi eng rivojlangan kitob dizayni va maketini tayyorlashgacha bo'lgan jarayon bosqichma-bosqich ilmiy va amaliy mashg'ulotlar orqali batafsil ochib berilgan. Kitobning ichki va tashqi elementlari kitob grafikasi qonun-qoidalariga asoslanib tuzilgan. Mazkur o'quv qo'llanma grafik rassom va talabalarga o'z mutaxassisligini mukammal egallashda juda foydalidir. Qo'llanma kitob nashriga aloqador talaba va o'qituvchilarga foydalanish uchun tavsiya etiladi.
-
-
-
YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH
O'quv qo'llanma 5640100- "Hayotiy faoliyat xavfsizligi" ta'lim yo'nalishi bo 'yicha tayyorlanadigan bakalavrlar "Yong'in xavfsizligini ta'minlash" fanidan nazariy, amaliy va kurs ishini hamda shu yo'nalish bo'yicha yong'in xavfsizligini ta'minlashga asoslangan bitiruv malakaviy ishini bajarishlari uchun mo'ljallangan, shuningdek kasb-hunar kollejlarida suv ta'minoti fanini o'qiydigan talabalar ham undan suv tarmoqlari bo'yicha kurs ishlarini bajarishda foydalanishlari mumkin.
-