-
-
-
-
Menejment, tashkilot va boshqaruv
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Bioximiya va sport bioximiyasi
Darslik uch qismdan iborat: birinchi "Statik biokimyo" qismida tirik organizmlrning tarkibiga kiradigan kimyoviy moddalarning tuzilishi (strukturasi), xossalari va biologik funksiyalari haqidagi zamonaviy ma`lumotlar keltirilgan. Ikkinchi "Dinamik biokimyo" qismida odam organizmida uning fiziologik funksiyalarining asosini tashkil qiladigan turli biokimyoviy jarayonlar haqidagi ma`lumotlar berilgan.
-
Fransuz tili darsligi
Darslik til o`rgatishda yangicha yondashuv og`zaki nutq, yozish, o`qish va tinglab tushunish malakalarini shakllantirishga qaratilgan.
-
Sahnaviy asarning xatti-harakat tahlili
Darslikda har bir mavzu bo`yicha talabani kasb faoliyatiga yo`naltirishga qaratilgan materiallar, ma`ruza, mavzuni mustahkamlash uchun savollar hamda ko`rgazmali sxemalar berilgan.
-
Ijtimoiy ish etikasi
Darslikda ijtimoiy ish etikasi fani muammolari bilan bog`liq bir qator nazariy va amaliy masalalarning mohiyati ochib berilgan bo`lib, unda fanning obyekti, predmeti va mazmuni, ijtimoiy ish kasbiy faoliyatida amal qiladigan axloq standartlari, tamoyillari ochib berilgan.
-
MENEJMENTGA KIRISH (PRAKTIKUM)
Ushbu darslikda mavzularning illyustrativ yoritilganligi, har bir mavzuga oid amaliy vaziyatlar, nazorat savollari va o‘z o‘zini tekshirish uchun test savollari bilan boyitilganligi talabalarning faolligini ta’minlab, undan amaliy mashg‘ulotlarda keng foydallanishi mumkin.
-
Jismoniy tarbiya va sport menejmenti I-qism
Darslikda O`zbekistonda birinchi marotaba zamonaviy sport tashkilotlarining boshqaruv tizimlarini tashkillash asoslari ko`rilgan, sport menejmenti funksiyalari boshqaruv usullari va jamoani boshqarish, O`zbekiston va jahon miqyosida har bir bo`g`inlardagi sport harakati (rivoji) masalalari ochib berilgan.
-
Fizika va agrometeorologiya
Mazkur darslikda agrometeorologik omillarning qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish mahsuldorligiga ta`sirini meteorologiya va iqlimshunoslikka bog`lagan holda keng bayon etilgan.
-
BIZNESDA BUXGALTERIYA HISOBI
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham bank-moliya sektorini, real sektor korxonalarini jadal rivojlantirish, diversifikatsiya qilish va sifatini oshirish masalalari ko‘tarilgan. Bu ular to'g'risida ishonchli ma'lumotlarni yaratadigan buxgalteriya tizimini xalqaro standartlarga (IFRS) muvofiqlashtirish kerakligini anglatadi.
-
Vektor va tenzor tahlil
Darslikda vektor va tenzor tahlili kursiga oid asosiy tushuncha va tasdiqlar yoritilgan bo`lib, ularning fizik mazmuni va tatbiqlari ko`rsatilgan.
-
БИЗНЕСДА БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ
2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг Ҳаракатлар стратегиясида ҳам банк-молия, реал сектор корхоналарни жадал ривожлантириш, диверсификация қилиш ва сифатини яхшилаш масалалари илгари сурилган. Бу эса улар ҳақидаги ишончли маълумотларни шакллантирувчи бухгалтерия ҳисоби тизимини халқаро стандартлар (МҲХС)га мувофиқлаштириб бориш кераклигини билдиради.
-
Жаҳон тарихи
Мазкур дарслик республикамизда фаолият кўрсатаётган барча олий ўқув юртлари бакалавр-тарихчилари томонидан жаҳон тарихини ўрганиш учун мўлжалланган.
-
Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti
Darslikda shaxsni tarbiyalashga doir yo`llar va vositalar, ta`lim texnologiyalari hamda pedagogik mahoratning tavsifi, o`qituvchi faoliyatidagi o`rni, pedagogik qobiliyati, pedagogik muloqot, nutq texnikasi haqida so`z yuritiladi.
-
Материалшунослик
"Материалшунослик" дарслиги мактаб ўқитувчилари учун мўлжалланган бўлиб, тўқимачилик толаларининг олиниши, тузилиши, йигириш, жараёни бўйича умумий маълумот, газламаларнинг тузилиши, трикотаж ва нотўқима матоларнинг олиниши ва тузилиши, иссиқ тутувчи материаллар, кийим фурнитураси, пардозловчи материаллар ҳақида маълумотлар келтирилган.
-
Inson huquqlari
Ushbu darslik ''Inson huquqlari'' fani predmetini o`rganishga bag`ishlangan bo`lib, unda inson huquqlari tushunchasi, tarixi va rivojlanish bosqichlari, inson huquqlari kategoriyalari, inson huquqlari bo`yicha xalqaro va milliy huquqiy normalar va ularni amalga oshirish mexanizmlari, inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlik kabi masalalar qamrab olingan.
-
TARIX FANINING NAZARIY ASOSLARI
Darslikda tarix darslarining o‘qitilishi jarayonida tarixiy xotira tushunchasining amalda qo‘llanilishi, tarixiy xotira va tarixiy ong tushunchalari haqida, manbalar va ulardan foydalanish tamoyillari xususida ham so‘z yuritiladi.
-
Экология ва табиатни муҳофаза қилиш асослари
Мазкур дарсликда экология (табиий мувозанат) ва табиатни муҳофаза қилиш асослари ҳақида асосий тушунчалар берилган. Унда экология чуқур назарий биологик фан эканлиги, дунёда ҳаётнинг барқарор бўлишлигини таъминлашдаги мавқеи, экология омилларининг аҳамияти, тавсифи келтирилган.