-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
Klinik anatomiya 1-jild
“Klinik anatomiya” darsligi Toshkent tibbiyot akademiyasi III va IV kurs talabalariga ushbu fan bo‘yicha dars o‘tishning ko‘p yillik tajribasi negizida chop etilgan. Darslik umumiy amaliyot shifokori tayyorlash o‘quv dasturiga to4la mos keladi va 500000 — “Ijtimoiy ta’minot va sog‘liqni saqlash” bilim sohasi, 510000 — Sog‘liqni saqlash ta'lim sohasi, 5510100 - “Davolash ishi”, 5510200 - “Pediatriya ishi”, 5510400 - “Stomatologiya”, 5111000 - “Kasbiy ta’lim” (5510100 - “Davolash ishi”) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy amaliyot shifokori-mutaxassis tayyorgarligiga bo‘lgan zaruriy mazmun va daraja talablariga mos keladi. Darslikda klinik anatomiya masalalari yoritilgan va jarrohlik operatsiyalarining funksional asoslari keltirilgan.
-
Финансы
В учебнике последовательно рассмотрены вопросы теории финансовой науки; изложены принципы архитектурной конструкции финансовой системы государства; использованы научные подходы при изложении учебного материала по налоговой тематике; дана характеристика теоретических основ и современной структуры бюджетной системы государства. Раздел «Финансы предприятий и организаций» дополнен современными сведениями об административно-правовых статусах хозяйствующих субъектов.
-
Umumiy psixologiya 2-kitob
Darslikda yosh va pedagogik psixologiyaning predmeti, metodlari, bo‘limlari, katta va kichik guruxlar, ta’lim, tarbiya va o‘qituvchi psixologiyasi haqida so‘z yuritiladi.Unda chaqaloqlik davridan to qarilik davrigacha bo‘lgan psixologik rivojlanishning xususiyatlari aks ettirilgan. Darslikning katta, kichik guruxlar boblarida shaxsning ijtimoiylashuviga bog‘liq masalalar yoritilgan. Ta’lim psixologiyasiga bag‘ishlangan bobda o‘quv faoliyatining psixologik mohiyati, bilimlarni o‘zlashtirishning psixologik komponentlari, ta’limning noan’anaviy usullari, mustaqil tafakkurni rivojlantirish, ta’lim jarayonini boshqarish masalalari bayon etiladi.Tarbiya psixologiyasi bobida tarbiyaning samaradorligini oshiruvchi psixologik mexanizmlar, o‘qituvchi psixologiyasi bobida, pedagogik qobiliyatlar, o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar haqida fikr yuritiladi. Darslik pedagogik oliy o‘quv yurtlari talabalari, magistrlar, o‘qituvchilar, mustaqil izlanuvchi-tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan.
-
O’zbek va chet el bolalap adabiyoti
Darslikda o’zbek va jahon bolalar adabiyotining ko’zga ko’ringan yozuvchilari saralab olingai. Qalamkashlar va ularning ijodlari xaqidagi materiallar ham juda ixcham va tushunarli berilgan. Darslik boshlang’ich ta’lim va tarbiyaviy ishlar fakultetlarining talabalariga mo’ljallab yozilgan. Lekin undan o’zbek tili va adabiyoti, maktabgacha ta’lim, defektologiya fakultetlarining talabalari ham foydalanishlari mumkin.
-
Sifat menejmenti tizimi va uni sertifikatlashtirish
Ushbu darslik ilk bora davlat tilida bakalavriat yo'nalishi davlat ta;limi standarti talablari asosida tayyorlangan bo'lib, darslikda xalqaro miqyosda keng tarqalgan sifatni boshqarish tizimi bo'lmish, ISO 9000 seriyali xalqaro standartlar asosida mahsulotlarni ishlab chiqarish va xizmatlar sifati menejmenti tizimini korxona va tashkilotlarda ishlab chiqish, joriy etish hamda ularni sertifikatlashtirish bo'yicha nazariy va amaliy ma'lumotlar keltirilgan.
-
Фотограмметрия
Изложена теория фотограмметрии и применение ее для создания топографических карт и фотодокументов по наземным и аэрокосмическим снимкам, а также для решения различных нетопографических задач при инженерных изысканиях, в архитектуре, строительстве, горном деле и в других областях. Описаны фотограмметрические и стереофотограмметрические приборы и методы обработки снимков на них, а также топографическое дешифрирование снимков
-
Тупроқшунослик
Дарслик аграр дорулфунунлар ва қишлоқ хўжалик олийгоҳларининг талабалари учун мўлжалланган.Китоб икки қисмдан иборат.Биринчи қисмда тупроқнинг келиб чиқиши, таркиби, ва хоссалари, иккинчи қисмида тупроқнинг генезиси, классификацияси, географияси, улардан қишлоқ хўжалигида фойдаланиш ҳақида батафсил маълумот берилган.
-
Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.
Darslikda rivojlanish va pedagogik psixologiyaning predmeti, metodlari, bo‘limlari, ta’lim, tarbiya va o'qituvchi psixologiyasi haqida so‘z yuritiladi. Unda chaqaloqlik davridan qarilik davrigacha shaxsning psixologik rivojlanish xususiyatlari aks ettirilgan. Ta’lim psixologiyasiga bag‘ishlangan bobda o‘quv faoliyatining psixologik mohiyati, bilimlarni o‘zlashtirishning psixologik komponentlari, ta’limning noan’anaviy usullari, mustaqil tafakkurni rivojlantirish, ta’lim jarayonini boshqarish haqida bayon etiladi. Tarbiya psixologiyasi bobida tarbiyaning samaradorligini oshiruvchi psixologik mexanizmlar, o‘qituvchi psixologiyasi bobida, pedagogik qobiliyatlar, o'qituvchi shaxsiga qo'yiladigan talablar haqida fikr yuritiladi. Darslik pedagogika va psixologiya ta’lim yo'nalishi talabalari, magistrlar, o'qituvchilar, mustaqil izlanuvchi tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan.
-
Учебник креативного мышления
Широкому кругу читателей книга даёт возможность узнать про уникальные приёмы эффективного решения запутанных проблем, придуманные и использованные столь знаменитыми личностями, как полководец Александр Македонский, физик-теоретик Альберт Эйнштейн, инженер Джордж Вестингауз и другие.
-
Biologik kimyo va molekulyar biologiya (2-qism. Molekulyar biologiya)
Darslikda oqsillar, DNK va RNK ning strukturaviy tashkillanish tamoyillari, replikatsiya, transkripsiya, translyatsiya jarayonlarining mexanizmi ko‘rib chiqilgan. Darslikda hujayralarning strukturaviy tashkillanishining va hayot faoliyatining molekulyar asoslari, oqsil biositezining boshqarilishi, gen muhandisligi, molekulyar patologiya muammosining zamonaviy holati yoritilgan.
-
Neft va gaz uyumlarini izlash va qidirish metodlari
Ushbu darslikda neft va gaz uyumlarini izlashda va razvedkasida qo‘llaniladigan geologo-razvedka ishlari metodlarining turlari, bu ishlarni bajarishdagi bosqich va pog‘onalar, genetik turlicha bo‘lgan neft va gaz uyumlarini izlash va razvedkasini xarakterli tomonlari, konlarni (to‘plam va uyumlarni) geologik modelini tuzish hamda geologik grafiklar to‘plami va ularni tuzish usullari yoritib berilgan. Darslik oliy o‘quv yurtlarining neft va gaz sohasidagi bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar hamda neft va gaz ishlab chiqarish korxonalari muhandislariga va ilmiy tadqiqot institutlarining xodimlariga mo‘ljallangan.
-
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati
Jismoniy tarbiya institutlari va pedagogika oliy o'quv yurtlari jismoniy tarbiya fakultetlari talabalari uchun mo'ljallangan ushbu darslik dasturga muvofiq yaratilgan. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida jamiyatni o`zi oliy ma`lumotli mutaxassislarni tayyorlashda yuqori talab qo`yadi.
-
Astronomiya tuzatilgan 6-nashr
Ushbu darslik mustaqilligimiz sharofati ila astronomiyadan o‘zbek tilida bitilgan birinchi darslik bo'lib, uni yozishda barcha hamkasb astronomlarning fikrlari va maslahatlaridan keng foydalandim. Mahalliy o‘quv va rasmli materiallarning aksariyati Astronomiya instituti ma’muriyati va ilmiy xodimlari, birinchi navbatda, uning direktori, fizika-matematika fanlari doktori Sh.A.Egamberdiyev tomonidan foydalanish uchun ixtiyorimizga berildi. Ularning barchasiga samimiy minnatdorchiligimni bildiraman. Sizga esa, aziz o‘quvchilar, Koinot sirlaridan voqif bo‘lishda omad doimo hamroh bo‘lishini istab qolaman!
-
Mevachilik va sabzavotchilik
Mazkur darslik 54101000 - Agronomiya va agrotuproqshunoslik,5410300 - O`simliklar himoyasi va karantin,5410400 - Qishloq xo`jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi ta`lim yo`nalishlarida o`qiyotgan talabalar uchun tayyorlangan.Uni yozishda mustaqillik yillarida jahon va Respublikamizda intensiv mevachilik sohasidagi agrotexnologiyalar va ilg`or xorijiy tajribalar mualliflar tomonidan hisobga olinib, meva va rezavor meva ekinlarining ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, biologik xususiyatlari, Davlat registriga kiritilgsn va keng tarqalgan navlarning ta`rifi, meva ekinlarini ko`paytirish usullari, meva ko`chatzori,meva bog`lari barpo etish, shakl berish va butash turlari, meva ekinlarini parvarishlash,hosilni terish, tashish,saqlash, intensiv mevachilik, xususiy mevachilik va O`zbekistonda yovvoyi holda o`sadigan meva ekinlariga katta e`tibor berilgan.
-
Bioorganik kimyo
Darslikda organik kimyoning nazariy asoslari keltirilgan va organizmda sodir bo'ladigan reaksiyalarga katta ahamiyat berilgan. Organik kimyo qonuniyatlari, organik birikmalarning sinflanishi, kimyoviy xossalari, ularning biologik ahamiyatga ega bo'lgan xossalari va ular asosida olingan dorivor preparatlarga e'tibor berilgan.
-
O'zbek tili
Darslikda asosiy diqqat-e'tibor amaliyotga, so'zlashuv nutqiga, nutq o'stirish muammosiga qaratildi. Shunga ko'ra, darslikning asosiy qismini mashg'ulotlar, topshiriqlar, matnlar, tarjimalar va lug'atlar tashkil etadi.