-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Texnika va amaliy fanlar
-
Nemis adabiyoti tarixi
Mazkur darslik universitetlar va oliy o`quv yurtlarining ixtisosligi nemis tili adabiyoti bo`lgan fakultetlar va bo`limlari talabalari uchun mo`ljallangan. Mazkur kitob talabalar uchun nemis adabiyoti dunyosiga ochilgan daricha vazifasini o`taydi va dunyoqarashlarini kengaytirish, bilimlarini to`ldirish, nemis xalqining fikrlash tarzi, madaniyati bilan tanishish imkonini beradi.
-
Siyosatshunoslik
Mazkur darslikda siyotsatshunoslikning predmeti, tarkibi va vazifalari, ijtimoiy-siyosiy ta`limotlarning shakllanishi va rivojlanishi, Markaziy Osiyoda ijtimoiy-siyosiy tafakkur rivojining asosiy bosqichlari, jamiyat hayotida siyosat va siyosiy tizim, siyosiy hokimiyat va ko`ppartiyaviylik, siyosiy yetakchilik, jamiyat siyosiy hayotning demokratik asoslari, siyosat, din va mafkuraning o`zaro aloqasi kabi dolzarb masalalar o`z ifodasini topgan.
-
Оила психологияси
Оила психологияси замонга хос тарзда янги билимлар билан жадал ривожланиб бораётган, жамият тараққиёти ва маънавий барқарорлик учун керак бўлган илмий фаннинг амалий соҳасидир. Ушбу дарсликда оиланинг ҳаётий тарзи ва зиддиятлари батафсил баён этилган.
-
Huquqshunoslik
Ushbu darslik talabalarga davlat va huquqning kelib chiqishi, jamiyat taraqqiyotida ularning o`rni, davlat, huquq, davlat shakllari, Konstitutsiya huquqi, unung maqsadi, vazifasi, boshqa huquq sohalari, ularning inson hayotidagi o`rni to`risidagi bilim asoslarini berishini nazarda tutadi. Mazkur darslikda biz yoshlarimiz huquqiy bilimlarini egallashlari uchun yetarli ma`lumotlar berishga harakat qildik. Shu davlat bizniki. Demak, davlatimizning har tomonlama rivojlanishi siz va bizga bog`liq.
-
Tikuvchilik materialshunosligi
Ushbu darslik kasb-hunar kollejlari o`quvchilari uchun "Tikuvchilik materialshunosligi" fani bo`yicha tuzilgan dastur asosida yozilgan bo`lib, o`quvchilar to`qimachilik tolalarning olinishidan boshlab, to tayyor tikuvchilik mahsulotlarining fizik-mexanik va kimyoviy tuzlishlari bilan yaqindan tanishadilar. Darslikda, shuningdek, tabiiy va sun`iy gazlamalar, charm va mo`yna materiallar, ularning turlari, sifati haqida yetarli ma`lumotlar keltirilgan.
-
Tikuvchilik korxonalari jihozlari va uskunalari
Kasb-hunar kollejlarining tikuvchilik sohasida ta`lim olayotgan o`quvchilari uchun mo`ljallangan ushbu darslikda jahon miqiyosida ishlab chiqariladigan tikuv mashinalari va yarimavtomatlar, tayyorlov-bichish ishlarida qo`llaniladigan jihozlar to`g`risida umumiy ma`lumotlar berilgan.
-
Genetika
Darslik tasdiqlangan genetika dasturi asosida yozilgan bo`lib, unda genetikaning mazm uni, rivojlanish tarixi, tadqiqot metodlari, organizmlar ko`payishining sitologik, biokimyoviy asoslari, jinssiz va jinsiy ko`payish, urugianish, irsiyat qonunlari kabi mavzular keng yoritilgan.
-
Astronomiya
Ushbu darslikda tabiiy fanlarning eng qadimiysi hisoblanmmish astronomiya fani va uning kelib chiqishi, amaliy astronomiya asoslari, olam tuzilishi haqidagi tasavvurlar, osmon mexanikasining elementlari kabi turli xil mavzular yoritib berilgan bo`lib o`quvchi uchun astronomiya fani haqida umumiy tushunchalarga ega bo`lishiga ko`mak beradi.
-
Таржима тарихи
Мазкур дарсликнинг ўқувчи таржиманинг қадимий замондан бошлаб хизирги давргача ривожланиши, таржима соҳасига ҳисса қўшган Европа ва Марказий Осиёнинг машҳур таржимонлари ҳақидаги маълумотга эга бўладилар.
-
Инглиз тили дарслиги
Мазкур дарслик республикамиз университетларида таржимонлик ва инглиз филологияси мутахассисликлари бўйича таълим олаётган I, II босқич талабаларига мўлжалланган бўлиб, унда талабанинг оғзаки ва ёзма нутқ кўникмаларини ҳамда таржима малакаларини ривожлантиришга қаратилган матн, машқ ва топшириқлар ўрин олган.
-
Umumiy psixologiya
Umumiy psixologiya darsligi inson shaxsidagi psixologik xolatlar, xususiyatlar, jarayonlar haqidagi dastlabki bilimlar majmuasini berishga qaratilgan. Darslik psixologiyaga kirish, muloqot, faoliyat, shaxs, bilish jarayonlari shaxsning hissiy-irodaviy motivatsion sohasi, shaxsning individualpsixologik xususiyatlari nomli bo`limlardan iborat.
-
Oqova suvlarni tozalash texnologiyasi
Darslikda oqova suvlarni hosil bo`lishi, ularning sinflarga bo`linishi, tozalashning mexanik, kimyoviy, biokimyoviy, shuningdek, termik usullari yoritilgan. Darslik asosan texnika oliy o`quv yurtlarining ekologiya fanini o`qiydigan talabalar uchun mo`ljallangan bo`lsa-da, undan magistrantlar, aspirantlar, tadqiqotchilar va shu sohaga qiziqqan barcha kitobxonlar foydalanishlari mumkin.
-
O`zbek tili
Darslikda asosiy diqqat-e`tibor, amaliyotga - so`zlashuv nutqiga - nutq o`stirish muammosiga qaratildi. Darslikning asosiy qismini mashg`ulotlar, topshiriqlar, matnlar, tarjimalar va lug`atlar tashkil etadi.(Диёра)
-
Suv xo`jaligi qurilishini tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish
Ushbu "Suv xo`jaligi qurilishini tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish" nomli darslikda fanga oid asosiy nazariy tushunchalar bayon etilgan. Darslik oliy o`quv yurtlarining "Irrigatsiya va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash" bakalavriat yo`nalishlari talabalarini o`qitish uchun mo`ljallangan.
-
Tolali materiallarni pardozlash korxonalari jihozlari
Darslikda tolali materiallarni pardozlash uchun ishlatiladigan texnologik jihozlar to`g`risidagi asosiy ma`lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari, tolali materiallarni bo`yashga, gul bosishga tayyorlash, bo`yash, ularga gul bosish va yakuniy pardozlashda keng qo`llaniladigan mashina va agregatlarning tuzilishi, ishlash prinsiplari va ularning ba`zilarining texnologik xisob-kitoblari yoritilgan.
-
Yerosti kommunikatsiyalarini planga olish
Darslikda yerosti kommunikatsiyalarini planga olish masalalari bayon etilgan. Yerosti kommunikatsiyalarining turlari va joylashishi haqida umumiy ma`lumotlar berilgan. Ularni loyihalashda, loyihadan joyga ko`chirish-rejalashda, tarmoqlarni qurishda va ulardan geodezik ishlar ko`rib chiqilgan. Geodezik planga olish natijalarini planda va boshqa texnik hujjatlarda qanday ko`rsatilishi haqida tushunchalar berilgan. Darslik "Geodeziya, kartografiya va kadastr" bakalavrlik yo`nalishi bo`yicha ta`lim olayotgan talabalarga mo`ljallangan bo`lib, undan geodeziya, kadastr va qurilish sohasidagi xodimlar ham foydalanishlari mumkin.