-
Texnika va amaliy fanlar
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
-
-
-
-
-
Advanced Technologies for Solar Photovoltaics Energy Systems
This book presents a detailed description, analysis, comparison of the latest research and developments in photovoltaic energy. Discussing everything from semiconductors to system integration, and applying various advanced technologies to stand alone and electric utility interfaced in normal and abnormal operating conditions of PV systems, this book provides a thorough introduction to the topic.
-
Robotatexnika asoslari
Ushbu O'quv qo'llanma 60112300-Texnologik ta'lim talabalari uchun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan ishlab chiqilgan va universitet Kengashining 2023 yil 29 avgustdagi 1/32-sonli qarori bilan tasdiqlangan o'quv dasturi asosida tuzilgan bo'lib, bakalavriat yo'nalishi talabalari "Robototexnika asoslari" fani mavzularini o'rganish uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanmada "Robototexnika asoslari" fanining maqsadi va vazifalari, robotlar bo'yicha umumiy tushunchalar, ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirishda robotlarning ro'li, robotlarning mexanik tizimi, robotlarning yuritmalari, sanoat robotlarini boshqarish tizimlari, robototexnik tizimlar va komplekslar, robototexnik komplekslarda robotlarning qo'llanilishi, yig'uv robototexnik komplekslari, mexanik ishlov berish robototexnik komplekslari, mobil robototexnik tizimlar. mobil robototexnik tizimlarning sinflanishi, robotlarning ishlab chiqarishda qo'llanishi, robotlarni sozlash, ishga tushirish, robotlarni ishga tushirish va texnik xarakteristikalarini tekshirish, intellektual robototexnik tizimlar, sanoat robotlarini ishlatishda mehnat xavfsizligi, mexatronika-hozirgi zamon fan va texnikasining yangi yo'nalishlariga oid ma'lumotlar keltirilgan va yoritib berilgan.
-
SPORT MAHORATINI OSHIRISH (sport o'yinlari)
O'quv qo'llanmada basketbol, voleybol, gandbol va futbol sport turlari haqida ma'lumotlar berilgan. Bundan tashqari o'quv qo'llamada shu sport turlarining o'quv mashg'ulot jarayonlarini rejalashtirish, o'yin mashqlari texnikasi va taktikasini o'rgatish usullarini takomillashtirish, tayyorgarlik turlarini ahamiyati ko'rsatib berilgan.
-
Таълим менежменти
Мазкур қўлланмада замонавий мактаб раҳбарларининг функционал вазифалари ва бошқарув фаолияти самарадорлиги, бошқарув функциялари ва методлари, умумий ўрта таълим муассасаларидаги ташкилий тузилиши, стратегик бошқарув ва режалаштириш, бошқарув ва режалаштириш, бошқарув жараёнидаги тарбиявий муносабатлар, раҳбарлик услублари, таълим муассасалари раҳбарларининг бошқарув қоблиятлари ва умуминсоний хислатлар, бошқарув алгоритми, бошқарувда меҳнат муносабатлари этикаси, раҳбарнинг иш вақти ва ундан фойдаланиш, ходимлар ва раҳбарлар фаолиятини ташкил этиш ва бошқа масалалар ёритилган.
-
Ўрта гуруҳ болалари нутқини ўстириш
Бу китоб болалар боғчасининг тарбиячилари ва методистлари, педагогика билимгоҳларининг ўқувчи ва ўқитувчилари учун мўлжалланган. Унда "Болалар боғчасида таълим-тарбия дастури" талаблари асосида ўрта гуруҳ ёшидаги болалар нутқини ривожлантириш бўйича ишларнинг мазмуни ва методикаси ёритилади.
-
Ўрта мактаб, лицей ва коллежларни битувчилари ҳамда олий ўқув юрталарига кирувчилар учун ёрдамчи тестларва уларни ечишга доир кўрсатмалар
Мазкур қўлланмада янги дастур асосидаги ўзбек тили ва адабиёти, тарих, кимё, биология, физика, математика, география, инглиз тили фанларининг асосий бўлимлари бўйича савол ва масалалар тест усулида берилган. Қўлланмада келтирилган тестлар олий ўқув юртларига кириш имтиҳонларида берилиши мумкин бўлган тестларга ўхшаш бўлгани билар, улардан қисман фарқ қилади.
-
O'zbekistonning eng yangi tarixi fani bo'yicha mustaqil ta'limni tashkil etish
O'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan nomutaxassislik kunduzgi ta'lim yo'nalishlari uchun mustaqil ta'limni tashkil etish bo'yicha o'quv qoʻllanma 2021-yil 28-avgustda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan tuzilgan tasdiqlangan "O'zbekistonning eng yangi tarixi" fani namunaviy dasturi asosida ishlab chiqildi.
-
Nutq o'stirish metodikasi
Mazkur o'quv qo'llanma pedagogika oliy o'quv yurtlarining talabalari, magistrlari va akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o'quvchilari, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining uslubchilari va tarbiyachilariga mo'ljallangan. O'quv qo'llanmada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o'stirish shakllari, metodlari va vositalari yoritilgan.
-
Иқтисодий тарбия назарияси
Қўлланмада тарбия жараёни ва унинг шаклланиши, тарбиянинг шакл ва усуллари, турлари, тарбия одобномаси, ёш авлоднинг ҳар томонлама гармоник ривожланиши, мулкий тарбия - иқтисодий тарбия асоси эканлиги, бозор иқтисодиёти шароитида иқтисодий тарбиянинг мазмуни, талаба шахсини юксалтириш ва бошқа иқтисодий тарбияга оид масала ҳамда муаммолари ўз аксини топган.
-
BOSHLANG'ICH MATEMATIKA KURSI NAZARIYASI
Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy o'quv yurtlari 60110500- «Boshlang'ich ta'lim>> bakalavr yo'nalishi talabalari uchun o'quv dasturlari talablari asosida tayyorlangan bo'lib, nazariy va amaliy mashg'ulotlarga mo'ljallangan ma'lumotlar berilgan. O'quv qo'llanma universitet va pedagogika oliygohlarining Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalari uchun «Boshlang'ich matematika kursi nazariyasi» fanining xususiyatidan kelib chiqib, unda asosan matematika haqida boshlang'ich ma`lumotlar, ta'limda e'tibor qaratish zarur bo'lgan jihatlar va metodik tavsiyalar, metod va vositalar kiritilgan. Fanning mazmuni psixologik va didaktik nuqtayi nazardan ochib berilgan. O'quv qo'llanma pedagogika oliy ta'lim muassasalarining boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalari, aspirantlar, matematika va boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari hamda mazkur yo'nalishda ilmiy tadqiqot izlanishlarini olib borayotgan barcha xodimlar uchun mo'ljallangan.
-
GEOMETRIYANI MUSTAQIL O'RGANISH UCHUN QO'LLANMA
Ushbu o'quv qo'llanmaga geometriyaning planimetriya qismini mustaqil o'rganuvchilar uchun o'quv jarayonida zarur bo'lgan masalalar kiritildi. Uslubiy qo'llanmada keltirilgan masalalar tizimli ravishda osonlik va murakkablık darajasi boʻyicha tuzilgan. Shu nuqtai nazardan o'quvchining matematikaga qiziqishini oshirish, geometrik masalalarni yechish orqali nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq qilishga imkoniyat yaratish uslubiy qoʻllanmani asosiy maqsadi hisoblanadi. Ikkinchidan, o'quvchining dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy va ijodiy fikrlashini shakllantirish va rivojlantirishni o'z ichiga oladi. Bu maqsadlarga erishishda tanlangan tizimli masalalar alohida o'rin egallaydi. Ushbu uslubiy qo'llanmadan oliy ta'lim muassasalari talabalari, pedagoglar va geometriyani mustaqil oʻrganuvchilar foydalanishi mumkin
-
Chet til o`qitish metodikasidan ocherklar
Qo`llanmada chet til o`qitish metodikasining asosiy masalalari qisqa, sodda bayon qilingan. Qo`llanma universitetlarning xorijiy filologiya fakultetlari talabalari, maktab o`qituvchilari, hamda chet til o`rganish va o`rgatish masalalari bilan qiziqqan kitobxonlar uchun mo`ljallangan.
-
Жамоада руҳий муҳит
Китобда синф ва педагоглар жамоаларида ижобий руҳий муҳит яратиш методикаси очиб берилган. Болаларнинг ҳиссий беҳбудлигини таъминлашда ўқитувчининг уларни маънавий-руҳий баҳолашининг аҳамияти, шунингдек болаларнинг фаолиятида (ўзини-ўзи бошқариш, меҳнат, билиш, ўйин фаолиятида) руҳий муҳитни яратиш воситалари кўрсатилган.
-
Ўзбек тили ўқитиш методикаси
Ўзбек тили ўқитиш методикаси курси учун бакалавриат йўналишибўйича яратилган мазкур ўқув қўлланма "Кадрлар тайёрлаш миллий дастури", "Она тили таълими Концепцияси", "Она тилидан давлат таълим стандартлари" талабаларига мувофиқ талаба ва ўқувчиларнинг коммуникатив саводхонлигини ошириш, она тили машғулотларини янги педагогик технология асосида ташкил этиш, дарс самарадорлигиниҳозирги замон талаблари даражасига олиб чиқиш, тилнинг сатхлараро ҳамда фанлараро алоқадорлик хусусиятларига таянган ҳолда нутқий салоҳиятини шакллантиришнинг интерфаол усулларини таълим жараёнида қўллаш, матн яратишнинг босқичли тизими устида ишлаш ҳақида методик тавсиялар берилди.
-
-
Бошланғич синф математика таълими самарадорлигини оширишда тарихий материаллардан фойдаланиш
Олий ўқув юртлари талабалари ва бошланғич синф ўқувчилари учун мўлжалланган ўқув қўлланма йиғилган тажрибалар асосида ёзилган бўлиб, ҳозирги замон ўқитиш методлари, янги педагогик технологиялар, шарқ мутафаккирлари меросидан фойдаланилган.