-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Tabiiy dorivor o'simliklar
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti an’anaviy tibbiyotning asosiy tarkibiy qismlarini quyidagicha aniqlaydi: o‘simlik dori darmonlari va boshqa tabiiy vositalar bilan davolash; akupunktur va manual terapiya. Sog‘liqni saqlash tizimidagi an’anaviy tibbiyot allaqachon dunyoning bir qator mamlakatlarida, ayniqsa Osiyo mamlakatlarida muhim rol o‘ynaydi. Xalq tabobatimizda Abu Ali ibn Sino davriga borib taqaladigan chuqur dunyoviy ildizlar mavjud. Bugungi kunda Respublikamizda xalq tabobati tizimi qonuniylashtirilgan. Bizning yurtimiz dorivor o‘simliklarga boy. Mahalliy floraga mansub 4.3 mingdan ortiq o‘simliklarning 750 turi dorivor hisoblanib, ulardan 112 turi ilmiy tibbiyotda foydalanish uchun ro‘yxatga olingan, shundan 70 turi farmatsevtika sanoatida faol qo‘llanib kelinmoqda. 2019 yilda 48 mln AQSH dollari qiymatidagi qayta ishlangan dorivor o‘simliklardan olingan mahsulotlar eksport qilingan. SHu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 aprelda qabul qilingan “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori juda dolzarbdir.
-
Subtropik mintaqa dorivor o'simliklari bioekologiyasi
Ma’lumki dunyo miqyosida farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining taxminan 50% i dorivor o‘simliklar xomashyosidan tayyorlanmoqda. Mutloq ko‘pchilik mamlakatlarda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika sanoatini jadallik bilan rivojlanishi bunday korxonalarning dorivor o‘simliklar xomashyosiga bo‘lgan talabni keskin ortishiga sabab bo‘lmoqda. Subtropik mintaqalar - Yerning har ikki yarim sharidagi geografik mintaqalar, 30° va 40° kengliklar orasida joylashgan. Sovuq oyning oʻrtacha temperaturasi 0° dan yuqori. Subtropik mintaqalarda yil boʻyi oʻsimliklar vegetatsiyasi davom etadi. Yoz bilan qishning havo temperaturasi katta farq qiladi. Yozda tropik, qishda moʻʼtadil havo massalari hukmron. Dengiz boʻyidan quruqlik ichiga kirib borgan sari yogʻin miqdori kamayib, iqlim kontinentallashib boradi. Subtropik iqlimning 2 turi: materik subtropik iqlim va okean subtropik iqlim mavjud. Materik subtropik iqlimda yoz issiq va quruq, qish beqaror, nisbatan sovuq boʻladi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 24—30°, yanvarda 0— 4° boʻladi. Yogʻin 300–500 mm, togʻlarning shamolga roʻpara yon bagʻrilarida 800–1000 mm. Okean subtropik iqlimga havo temperaturasining yil davomida keskin oʻzgarmasligi, yozda ancha past (20° atrofida), qishda iliq (12° chamasida) tra boʻlishi xos.
-
Пул муомиласи, молия ва кредит
Ўзбекистон Республикасининг бозор муносабатларига ўтиши муносабати билан малакали иқтисодчи раҳбарлар тайёрлаш ҳозирги замон талаби бўлиб қолди. Ушбу услубий кўрсатмада корхонанинг молиявий ҳолатини таҳлил қилиш асослари ёритилгандир.
-
Farmakognoziya
Ushbu o’quv-uslubiy kursatma “Farmakognoziya” fanidan o’quv rejasiga va dasturiga muvofiq bakalavr 5411100- Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi yo’nalishi talablari uchun tayyorlangan. O’zR Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 yanvardagi “2015-2017 yillarda o’rmon xo’jaliklari tizimini rivojlantirish, dorivor va oziqabop o’simliklar xom ashyosini yetishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada kengaytirish chora tadbirlari to’g’risida”gi 5-sonli hamda 2015 yil 20 apreldagi “Dorivor o’simliklar asosidagi dori vositalari va biologik faol qo’shimchalarni (BFQ) mahalliy korxonalarda ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 32-sonli yig’ilish bayoni bandlari ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
-
Moylar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi
Ushbu laboratoriya ishlari bo‘yicha tayyorlangan uslubiy ko‘rsatmaning maqsadi neft mahsulotlari kimyosi va texnologiyasiga bag‘ishlangan. 5321300 - Neft va neft gazni qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, neft va gazni qayta ishlash korxonalarining muhandis-texnologlari uchun ham dastur vazifasini o‘taydi.
-
Алишер Навоий ғазалиётида ранг символикаси
Муҳтарам ўқувчи! Қўлингиздаги китоб навқирон олима Сирдарё Ўтанованинг илмдаги изланиш ва уринишларининг меваси. Унда баъзи хато ва камчиликлар ҳам табиий.
-
Лаять не на то дерево
Многие традиционные советы о том, как преуспеть в жизни, логичны, обоснованны… и откровенно ошибочны. В своей книге автор собрал невероятные научные факты, объясняющие, от чего на самом деле зависит успех и, что самое главное, как нам с вами его достичь. Для широкого круга читателей.
-
Dorivor o'simliklar introduksiyasi
Introduktsiya jarayoni inson tomonidan tanlab olingan o’simlik turini madaniylashtirishga qaratilgan maqsadli faoliyat hisoblanadi. Introduktsiyaning asosiy vazifasi tabiiy florada mavjud bo’lgan manzarali, dorivor, oziq-ovqat, efir moyli, asal beruvchi va yem-xashak o’simliklarni aniqlash va ularni madaniylashtirishdir. Introduktsiya jaraѐnining tadqiqot ob’ektlari bo’lib chetdan olib kelingan ѐki mahalliy tabiiy floradan tanlab olingan o’simlik (turkum, tur, kenja tur, nav va formalar) lar xizmat qiladi. Introduktsiya mazkur mintaqadagi o’simliklar tarkibini va genofondini kengaytirish hamda inson uchun kerakli bo’lgan o’simlik turlarini tanlab olish imkoniyatini beradi. Introduktsiya uzoq vaqt va kuch talab qiladigan jaraѐndir. U ma’lum hudud (region) doirasida amalga oshiriladi.
-
Mashinasozlikda quyma zagotovkalarni loyihalash va ishlab chiqarish texnologiyasi
Uslubiy ko‘rsatmalar o‘quv dasturiga mos holda tuzilgan. Ular 5320200 - “Mashinasozlik tehnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish” yo‘nalishi talabalari uchun “Mashinasozlikda quyma zagotovkalarni loyihalash va ishlab chiqarish texnologiyasi” fanidan laboratoriya va amaliy ishlarini bajarish uchun tavsiyalarni o‘z ichiga olgan.
-
Қимматли қоғозлар бозори ва бизнес
Мустақилликка эришилгандан сўнг Ўзбекистон Республикасида ривожланган хорижий давлатларнинг иқтисодий ривожланиш тажрибасини чуқур ўрганган ҳолда ҳамда мамлакатимизнинг ўзига хос ҳусусиятларини ҳисобга олган ҳолда иқтисодий ривожланишнинг фақатгина ўзига хос йўли ишлаб чиқилди.
-
Dorilar texnologiyasi
O'zbekiston Respublikasini mustaqil deb e‘lon qilinishi halq xo'jaligining turli jabhalarida faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassislar bilan bir qatorda, dorishunoslik fani va amaliyoti sohasidagi mutaxassislar oldiga ham dori ta‘minotida respublika mustaqilligini ta‘minlashdek o'ta muhim vazifani qo'ydi. Aholini yuqori samaradorlikka ega bo'lgan, bezarar va arzon dori vositalari bilan ta‘minlash bugungi kunda zamonaviy tibbiyotning o'ta muhim, ajralmas qismi bo'lib, unda turli hil kasalliklarni oldini olish va ularni davolashda 90% dan ortiq holatlarda farmakoterapevtik usullardan foydalaniladi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlaboq, respublika rahbariyati va xukumati tomonidan aholini dori ta‘minoti sifatini oshirish va bu borada amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalarni belgilashga alohida e‘tibor berib kelinmoqda. Bular – O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 29-avgustda ―Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida‖gi va 1997 yil 25-aprelda ―Dori vositalari va farmatsevtik faoliyat to'g'risida‖gi qonunlarni qabul qilinishi va ularni amaliyotga joriy etilishi bilan bu qonunlar ijrosini ta‘minlash maqsadida chiqarilgan qator qonunosti hujjatlarida o'z aksini topgan.
-
Qimmatli qog’ozlar qiymatini baholash
Ushbu uslubiy qo’llanma magistraturaning 5A231501 – “Baholash ishi va rieltorlik” mutaxassisligi magistrantlari uchun mo’ljallangan bo’lib, unda “Qimmatli qog’ozlar qiymatini baholash” fanidan amaliy mashg’ulot uchun tayyorlanish va bajarish tartibi belgilab berilgan
-
Hozirgi o'zbek adabiy tili
“Hozirgi o'zbek adabiy tili” fanidan kurs ishlarini yozish bo'yicha tavsiya etilayotgan ushbu uslubiy ko'rsatma pedagogika oliy o'quv yutrlari o'zbek tili va adabiyoti ta’lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o'zbek tili va adabiyoti fakulteti uslubiy kengashi tomonidan (20 noyabr 2014 - yildagi 3- sonli majlis bayoni) nashrga tavsiya etilgan.
-
Технология швейных изделий: методическое указание для выполнения лабораторных и самостоятельных работ
Методические указания к лабораторной и самостоятельной работе по предмету "Технология швейных изделий" предназначены для студентов бакалавриата по направлению подготовки 5150900-Дизайн (костюм). Методические указания к лабораторной и самостоятельной работе по предмету "Технология швейных изделий" основаны на изучении обработки технологической последовательности. Данное методическое указание позволяет исследовать основные научно-теоретические аспекты изучаемого предмета экспериментальным путем.
-
Тараққиётнинг машаққатли йўли
"Қаршида Ер шарин сурати турар, Салмоғи Қуванинг анорича бор...", ёзади шоир. Дарҳақиқат, чексиз-чегарасиз Коинот бағрида Она-сайёрамиз киприкдаги ёшдай титраб турибди. Ҳолбуки, биз учун суюкли, қадрли ва ягона бўлган заминамизда истиқомат қилувчи аҳоли сони олти миллиарддан ошди.
-
эвалюцион геология
Мазкур китоб геологик назариянинг муҳим қисми бўлган эвалюцион геологияга бағишланган. Китобнинг биринчи қисмида Ернинг тузилиши, эндоген ва экзоген жараёнлар ва геодинамик вазиятлар баён қилинган.